“Sport” nashri: “Kutmagan jamoalarimiz 1/8 finalda to'qnashadilar”

Narzulla Saydullayev
26 okt 2013, 13:44
BAAning kundalik nashri "Sport" har kunlik yangiliklarni tezkorlik bilan chop etishda davom etyapti. Gazetaning bugungi sonida o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida 1/8 finalga chiqqan jamoalar haqida yozib o'tilgan.
Unga ko'ra, BAAni guruhda qolib ketishi yevropaliklarni esa uchinchi o'rinni qo'lga kiritishini hech kim kutmagan.

"Braziliya guruh favoriti, ammo Gondurasdan hech kim ikkinchi o'rinni kutmagan edi. Xuddi shunday O'zbekistondan ham. Asosiy tarkibi deyarli Evropada o'ynaydigan Marokash bilan durang o'ynagan, Evropaning o'ziniki bo'lgan Xorvatiyani esa mag'lubiyatga uchratgan O'zbekiston uchun Panama muammo tug'dira olmadi. Gondurasga qarshi o'yinda agar o'zbeklarning jismoniy holatlari o'z o'rnida bo'lsa osiyoliklarni g'oliblikka asosiy da'vogar sifatida qarashimiz mumkin. Sababi bunday turnirlarda asosiy e'tibor jismoniy tayyorgarlikka qaratiladi. O'yin esa O'zbekistonda bor", - deb yozadi yuqoridagi nashr.


Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia