"Sport-Ekspress": 2014/15 yildan Rossiyada 10ta legioner o'ynay oladi

Tolibjon Qosimov
19 dek 2013, 11:48
RFI (Rossiya futbol ittifoqi) premer-ligada legionerlar limitini ko'rib chiqishi mumkin, deb yozadi "Sport-Ekspress" nashri.
Yangi limitga ko'ra klublar mavsumda ro'yxatdan o'tkazilgan 25 nafar futbolchilardan 10 nafari legioner bo'lishi mumkin. Maydonga ularning barcha 10 nafari tushishi mumkin.

Bu limit 2014/15 yilgi mavsumdan boshlab kuchga kirishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, hozirgi limitga ko'ra klublar safida bir vaqtda 7 nafar legioner maydonga tusha oladi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru