"Spartak" yangi murabbiyi nomi e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
12 noya 2018, 17:08
Tulaning "Arsenal" klubi sobiq ustozi Oleg Kononov "Spartak" bosh murabbiyiga aylandi.

Kononov joriy yilning iyun oyida "Arsenal"ga kelgan edi. Mutaxassis bungacha "Axmat", "Krasnodar", "Karpati" va "Sevastopol"ni boshqargan.

Eslatib o'tamiz, 22 oktyabr kuni "Spartak" direktorlar kengashi italiyalik mutaxassis Massimo Karrerani iste'foga chiqargan edi. Jamoani vaqtincha boshqarib kelgan Raul Riancho ham klubni tark etdi.

Rossiya chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/fcsm_official