Spalletti debyutidagi durangdan keyin nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
10 sen 2023, 11:11
Luchano Spalletti Italiya termasi bosh murabbiyligidagi debyuti - Shimoliy Makedoniyaga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"O'yinni juda ohir boshladik, o'yin tartibsiz bo'lib ketganida biz himoyani tartiblay bilmadik, raqib yarim himoyachilari ko'p marta bizdan to'pni olib qo'yishdi. Undan tashqari, jamoa etarlicha yaxshi o'ynay olmadi, bu borada ishlash kerak. Raqib uchun ko'p ham muammo yarata olmadik, to'g'ri paslar berishda sabr yetishmadi, buning uchun bizda vaqt ham imkoniyat ham etarlicha bo'lgandi.

Endi oldimizda qolgan yagona yo'l - o'yinni yaxshilab ko'rib chiqib, nimalarni yaxshilash kerakligini, nimalar ustida ishlash kerakligini bilishimiz kerak. Bu borada o'yinni takroriy videosi mashg'ulot kabi juda qadrli bo'ladi.

Doimo kam uxlayman. Tabiiyki, menda ham xissiyotlar bor, chunki bu o'yin nafaqat maydonda o'ynaladi, balki, butun Italiyada ham. Bu o'yinni davlatdagi barcha tomosha qiladi. Umid qilamanki, ular bizga qanday bo'lsa shunday baho bera olishadi.

Navbatdagi o'yinda bir qancha futbolchilarni ham almashtirish kerak, maydondagi bugungi o'yin barchasini so'zlab berdi. Shuningdek, sariq kartochka olgan futbolchilarni almashtirishga to'g'ri keldi, shuningdek, Raspadorini maydonga tushirib, o'yinni yanada yondirib tashlamoqchi bo'lgandik. Biroq ular hisobni juda kech tenglashtirishdi. Bunga reakciya ko'rsatish uchun bizda vaqt yetmadi", - dedi Spalletti.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia