Spaletti: “Yuventus”? “Inter” sovrin yutishga judayam o'ch”

28 apr 2018, 00:05
“Inter” bosh murabbiyi Luchano Spaletti Italiya A seriyasi 35-turida “Yuventus”ga qarshi kechadigan bahs oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Juda qiyin bahs bo'ladi. Biz o'z o'yinimizdagi kamchiliklarni to'g'irlashni o'rgandik. Bu bizning taraqqiy etayotganimizdan va CHL saralashiga tayyorligimizdan darak beradi. “Napoli”ga mag'lub bo'lgan “Yuve” g'azablangan? Endi o'ylab ko'ring: etti yildan buyon  sovrin yuta olmagan “Inter” qanchalar sovringa chanqoq” deya Spalettining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia