Spaletti "Yuventus" haqida: "Ular 8ta ketma-ket g'alabasiz ham eng qiyin raqiblardan"

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2023, 22:32
"Napoli" ustozi Luchano Spalletti "Yuventus" bilan kechayotgan skudetto uchun kurash haqida fikr bildirdi.

"Sampdoriya"ga qarshi o'yinda to'g'ri qaror qabul qila oladigan tajribali jamoani ko'rdim. Yigitlar miyani ishlatib, faqat o'yin haqida o'ylashdi.

Chempionlik uchun kurash hech muhokama qilinmadi. "Yuventus" ketma-ket 8ta g'alabasiz ham eng qiyin va eng kuchli raqiblardan biri bo'lib qolaveradi. Ularda boy tarix, ajoyib menejment bor.

Kvara juda ko'p o'ylayapti? O'ylash juda muhim. JCHdan oldin unda kichik muammolar bor edi. Bahsni yaxshi o'tkazdi deb o'ylayman" - deydi Spalletti.

A SERIYA TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Mediaset