Spaletti: "Real" bilan yaxshi tanishman, ular ishtirokidagi o'yinlarni ko'p ko'rganman"

Aslanov Jasurbek
16 fev 2016, 16:41
"Roma" bosh murabbiyi Luchano Spaletti "Real"ga qarshi uchrashuvdan oldin, Karlo Anchelotti qo'l ostidagi "Qirollik klubi" o'yinini ko'p tomosha qilganini aytdi.

"Real" bilan yaxshi tanishman. Do'stim Karlo Anchelotti u yerda ishlaganda "Qirollik klubi" o'yinlarini ko'p tomosha qilar edim. U Italiyaning eng yaxshi murabbiyi va taqlid qilish uchun namuna. Undan ko'p narsalarni o'rganganman. Har safar birga tushlik qilganimizda undan futbol haqida ko'proq narsa bilib olishga harakat qilar edim. Karlo yaxshi inson va ajoyib murabbiy" - deydi Spaletti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS