

Oldinroq "Inter Mayami" Osiyoda turne o'tkazib, "Al Nassr" va "Al Hilol" jamoalariga qarshi o'yinlarda qatnashishi borasida ma'lumotlar tarqagandi.
"Bugun internetda "Inter Mayami"ning "Riyadh Season Cup" turnirida ishtirok etishi borasida ma'lumotlar tarqaldi. Bu xabar haqiqatga to'g'ri kelmaydi.
Xabarda jamoaning rahbari Xorxe Mas tomonidan aytilgan gaplar o'rin olgan. Ammo Mas hech qaysi nashrga bu borada intervyu bermagan.
"Inter Mayami" tashkil qilinganidan buyon o'z oldiga dunyoning eng katta brendi bo'lish maqsadini qo'ygan. Shu sababli biz 2024 yilning mavsumoldi turnesi jadvalini tuzib chiqyapmiz", - deyiladi bayonotda.



