So'nggi qahramonlar. YCHL finalida "Milan"ni mag'lub etgan "Liverpul" hozir qayerda?

Aziz Tukhtamuradov
5 dek 2016, 23:00
2004/2005 yilgi mavsumda Istambulda bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi finali yodingizdami?


Mersisayd jamoasi o'shanda 0:3 hisobida mag'lub bo'layotib, g'alabani o'z tomoniga og'dira olgandi. Keling, bugun o'sha sovrin qo'lga kiritilishida asosiy ishni bajargan azamatlar nima bilan mashg'ul ekanliklariga qiziqib ko'ramiz.


Darvozabon

Eji Dudek

Yoshi: 43

Bugungi kunda: Krakovda istiqomat qilmoqda. Polsha futbolining Yevropadagi elchisi


Himoyachilar

Sami Xyupya

Yoshi: 43

Bugungi kunda: May oyigacha "Cyurix" jamoasida bosh murabbiy vazifasida ishlagandi. Muvaffaqiyatsiz natijalardan so'ng iste'foga chiqarilgan.


Jimi Traore

Yoshi: 36

Bugungi kunda: "Sietl Saunders" jamoasida yordamchi murabbiy bo'lib ishlamoqda


Jeymi Karrager

Yoshi: 38

Bugungi kunda: Sky Sports telekanali eksperti


Yon Arne Riise

Yoshi: 36

Bugungi kunda: Hindistonning "Chennay" jamoasi futbolchisi


Stiv Finnan

Yoshi: 40

Bugungi kunda: Londonda ko'chmas mulk savdosi bilan shug'ullanmoqda


Yarim himoyachilar

Xabi Alonso

Yoshi: 34

Bugungi kunda: Germaniyaning "Bavariya" jamoasi futbolchisi


Ditmar Xamman

Yoshi: 43

Bugungi kunda: Murabbiy bo'lishni istagan sobiq futbolchi ayni paytda TVda ekspert sifatida faoliyat olib bormoqda


Stiven Jerrard

Yoshi: 36

Bugungi kunda: Yaqindagina MLS klubidagi faoliyatini yakunladi. Tez kunlarda "Liverpul"da ish boshlashi mumkin


Garri Kyuel

Yoshi: 38

Bugungi kunda: "Uotford" yoshlar jamoasi bosh murabbiyi


Luis Garsiya

Yoshi: 38

Bugungi kunda: 2016 yilning iyulida Avstraliya jamoalaridan birida faoliyatini yakunladi


Hujumchilar

Milan Barosh

Yoshi: 35

Bugungi kunda: Ayni paytda Chexiyaning "Slovan" jamoasi futbolchisi hisoblanadi


Jibril Sisse

Yoshi: 35

Bugungi kunda: Kino sohasida o'z omadini sinab ko'rmoqda


Bosh murabbiy

Rafael Benites

Yoshi: 56

Bugungi kunda: Angliyada Chempionshipning "Nyukasl" jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda

sports.ru sayti asosida tayyorlandi

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia