Son APL tarixidan joy oldi

Eldor Akmurzayev
16 fev 2020, 20:20
“Tottenxem” futbolchi Son Xyon Min “Aston Villa”ga qarshi o'yinning 45+2 daqiqasida penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldi ammo uning zarbasini Pep Reyna bartaraf etdi.

Qaytgan to'pga esa Sonning o'zi birinchi bo'lib yetib kelib, bu safar Reynani ojiz qoldirdi. 

Bu 27 yoshli koreyalik futbolchining APLdagi yubiley 50-goliga aylandi va u bunday natijaga erishgan musobaqa tarixidagi ilk osiyolik o'yinchiga aylandi. 

Ma'lumot o'rnida, Xyon Min Premer-liganing joriy mavsumidagi gollari sonini 8taga etkazib oldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta Sports