Solari: "Ramos - bu kemaning kapitani, u "Real"ga yo'l ko'rsatish uchun palubaga chiqdi"

Aslanov Jasurbek
1 noya 2018, 12:07
"Real" bosh murabbiyi Santyago Solari "Melilya"ga qarshi bo'lib o'tgan Ispaniya Kubogi 1/16 final bosqichi uchrashuvi (4:0) haqida fikr bildirdi.

"Butun jamoa - Asensio, Sebalos, Odriosola, Vaskesning o'yinidan ko'nglim to'ldi. Ramos asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyor edi. U - ushbu kemaning kapitani. Serxio palubaga chiqib, to'g'ri yo'lni ko'rsatishi biz uchun juda muhim edi, chunki u doimo kerakli joyda paydo bo'ladi.

Vinisius ilk daqiqalardan o'ynadi, ammo u hali yosh. U uchun Ispaniya yangi mamlakat, yangi futbol turi. Vinisius "Real"da yangi futbol olamiga ko'nikishi kerak. U o'sib boryapti, biz yigitchaning iqtidorini ko'rdik" - deydi Solari.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca