Solari: "Beyl golni xohlaganicha nishonlashi mumkin"

Aslanov Jasurbek
25 fev 2019
"Real" bosh murabbiyi Santyago Solari "Levante" ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng, jamoa hujumchisi Garet Beyl haqida fikr bildirdi.

Uelslik ushbu bahsda penaltidan gol urib, uni nishonlamadi va elkasidagi Lukas Vaskes qo'llarini olib tashladi.

"Real" yana muhokamalar markazida

"Kiyinish xonasida u mamnun edi, chunki gol urgandi. Beyl bizga g'alabani olib berdi. Uning o'yinidan ko'nglim to'q.

Beylning gol nishonlashi? Sizlarda ko'z ko'proq. U golni qanday xohlasa shunday nishonlashi mumkin" - deydi Solari.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca