Arnasoy tuman hokimligi mamlakatimizda aholi turmush farovonligi yo'lida sog'lom turmush tarzini shakllantirish borasida qator tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Jumladan, joriy 2017 yil 20 maydan 26 mayga qadar O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning xotirasiga bag'ishlab tumanda faoliyat ko'rsatayotgan fermer xo'jaliklari o'rtasida mini futbol musobaqasi o'tkazildi, mazkur musobaqada fermer xo'jaligi a'zolaridan tashkil topgan 16 ta suv istemolchilar uyushmasi futbol jamoalari ishtirok etishdi.
Ushbu o'tkazilgan futbol musobaqasi davomida tumanda faoliyat ko'rsatayotgan tashkilot, korxona, muassasa va fermer xo'jaliklari o'z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda homiylik qilishdi, undan tushgan mablag' kelgusida tuman futbol jamoasi tarkibini sifat jihatdan yaxshilash, jamoaning moddiy texnika bazasini yanada yaxshilash uchun ishlatilishi ko'zda tutilmoqda.
Qizg'in tortishuv va bellashuvlar asosida o'tkazilgan mazkur musobaqada 1-o'rinni "Oqbuloq" SIU, 2-o'rinni “Hamdo'stlik” SIU, 3-o'rinni “Turkiston" SIU futbol jamoalari qo'lga kiritishdi, g'olib “Oqbulok" SIU futbol jamoasi tuman hokimi “Kubogi” va jamoa a'zolari I darajali medallar bilan taqdirlandi. 2 va 3- o'rinni egallagan futbol jamoasi a'zolari esa II va III darajali medallar bilan taqdirlandi.
Mazkur musobaqani o'tkazishdan maqsad fermer xo'jaliklari o'rtasida do'stlik, qardoshlik va o'zaro mehr-oqibat kabi rishtalarini uyg'otish hamda sog'lom turmush tarzini shakllantirishdan iborat edi.

Arnasoy tumani hokimi, musobaqa tashabbuskori Ergash Soliev