Sobit Sindarov “Buxoro”ni nega tark etdi?

Eldor Akmurzayev
31 iyul 2022, 07:40
“Mashal” davralar oralig'idan unumli foydalangan holda tarkibga “Buxoro”da o'ynagan Sobit Sindarovni qo'shib oldi.

Shundan keyin biz futbolchi bilan bog'lanib, yangi jamoasi borasidagi fikrlariga quloq tutdik.

“Buxoro”ni tark etishi borasida

- Bu jamoani tark etishimga bosh murabbiy bilan hech qanday muammo bo'lgani yo'q. Menga ishonch bildirayotgan va munosabatlarimiz ko'ngildagidek edi. Ketishimga asosiy sabab shuki, klub direktori  bilan kelishmovchilik bo'ldi. U bergan vadasini ustidan chiqqani yo'q. Shu sabab “Buxoro”ni tark etdim. 

U yerdagi faoliyati to'g'risida

- Hammasi yaxshi edi. Meni barchasi to'laqonli qoniqtirayotgandi. Yuqorida aytganimdek, klub direktorining lafzidan chiqmagani sababli, jamoani almashtirishga qaror qildim. 

“Mashal”ga o'tishi borasida

- Muborakliklar meng ikki yildan beri taklif bilan chiqayotgandi. Natijada, Superliganing bir qator jamoalaridan takliflar bo'lishiga qaramay, men “Mashal” bilan shartnoma imzolashga qaror qildim. Aniqrog'i, klub bilan  mavsum yakuniga qadar shartnomaga imzo chekdim. 

Superligaga chiqish imkoniyati xususida

- Bizda bu borada yaxshi imkoniyat bor. Oldimizda turgan o'yinlarda ijobiy natijalar ko'rsatish, kerakli ochkolarni jamg'argan holda jamoani  elitaga qaytarishni rejalashtirganmiz.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia