Slot Saloh bilan yuzaga kelgan ziddiyat haqida: "Hayotda hamma xato qiladi, ammo o'yinchi xato qilganini tushunyaptimi? Tashabbus undan chiqishi kerakmi yoki mendan?"

Aslanov Jasurbek
10 dek 2025, 11:30
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Chempionlar ligasida "Inter" ustidan qozonilgan g'alabadan (1:0) so'ng vinger Muhammad Saloh bilan yuzaga kelgan ziddiyat haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, 33 yoshli misrlik futbolchi APL doirasidagi "Lids"ga qarshi o'yinni (3:3) to'liq zaxira o'rindig'ida o'tkazdi. U avvalgi ikkita bahsni ham zaxirada boshlagan edi. Uchrashuvdan so'ng Saloh klub va bosh murabbiy Arne Slotni tanqid qildi: "Men klub uchun shuncha ish qildim, ular esa meni "avtobus tagiga tashlashdi". Afrika Kubogi oldidan xayrlashaman – keyin nima bo'lishini bilmayman". Futbolchi YCHL o'yini qaydnomasiga kiritilmadi.


"Futbolchilarga "Lids" bilan o'yinning so'nggi daqiqasida gol o'tkazib yuborish juda og'ir bo'ldi. Biz raqibga deyarli imkoniyat bermagandik va buni qabul qilish juda qiyin kechdi. Bu holatning o'zi juda ehtirosli edi, undan keyin sodir bo'lgan voqealar ham hissiyotlarga boy bo'ldi.

Jamoa ixtiyorida Premer-liga yoki Chempionlar ligasida o'ynash tajribasiga ega 13 nafar futbolchi bor edi. Biz o'sha golni o'tkazib yubordik va shundan so'ng ko'p gaplar aytildi.

Odatda bunday narsalar futbolchilarga ham ta’sir qiladi, chunki u [Saloh] klubga ham, o'yinchilarga ham ta’sir o'tkazardi, shuning uchun jamoadoshlari bilan qandaydir hodisa yuz berishi futbolchilarga hech qachon yoqimli bo'lmaydi.

Gap bugun bu yerda qilgan ishimiz haqida borishi kerak. Lekin juma kungi matbuot anjumanida ham barcha savollar Mo haqida bo'lishini juda yaxshi tushunaman.

Hayotda hamma xato qiladi, ammo o'yinchi xato qilganini tushunyaptimi? Tashabbus undan chiqishi kerakmi yoki mendanmi? Bu endi boshqa masala.

Konateda so'nggi paytlarda qiyin lahzalar bo'lgandi, ammo u ajoyib o'yin o'tkazdi", – dedi Slot "Amazon Prime" efirida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Amazon Prime