Slavche Voyneski: "2-turda vaziyatni o'nglab, zafar quchishga intilamiz"

Sherzod Nurmatov
9 apr 2022, 19:07
Osiyo chempionlar ligasi 2-turi doirasidagi "Al Taavun" – "Paxtakor" uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda "sherlar" ustozi Slavche Voyneski quyidagi fikrlarni bildirdi. 

"Al Taavun" – mezbon jamoa. Ular yangi murabbiy bilan boshqacha o'ynashni boshlashdi. Raqib hurmatga sazovor jamoa. Ular muxlislari qarshisida yaxshi o'ynab, g'alaba qozonishdi. Biz ikkinchi bahsda vaziyatni o'nglab, zafar quchishga intilamiz.

"Sepaxon"ning standartlarda yaxshi o'ynashini bilardik. Futbolda bazan shunday bo'ladi. Kichik xato yoki holat o'yinni o'zgartirib yuboradi. Kamchiliklarni ko'rib chiqib, to'g'rilashga harakat qilamiz. Hamisha jamoa o'yinini tahlil qilamiz, bunga e'tibor qaratamiz. O'tgan o'yinning o'zida yomon o'ynamadik, ammo xatolarga o'zimiz yo'l qo'ydik.

Tarkibimizda yo'qotishlar mavjud emas. Barcha ertangi bellashuvda ishtirok etishga tayyor", – dedi Slavche Voyneski.

2-tur doirasidagi "Al Taavun" – "Paxtakor" bellashuvi 10 apreldan 11 aprelga o'tar kechasi 01:15 da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia