Sky Sports: Anelka faoliyatini yakunlashga qaror qildi

Narzulla Saydullayev
22 avg 2013, 22:45
Fransiyalik hujumchi Nikolya Anelka futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi, deb xabar bermoqda Sky Sports.
Bu haqda 34 yoshli futbolchi Vest Bromvich xodimlariga ma'lum qilgan.

Anelka Vest Bromvich bilan yana bir yillik shartnomaga ega, ammo u faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

The Telegraph ning xabariga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Stiv Klark Anelkani yana bir yil jamoada qolishga ko'ndirishga uringan, ammo futbolchi qaroridan o'zgartirmagan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru