"Siti" va Gvardiola APLda "Yunayted" va Fergyusonning 10 yillik natijasini takrorlay oladimi?

Mirjalol Normatov
5 may 2019, 14:29
Ertaga tunda "Manchester Siti" o'z maydonida "Lester" bilan kuch sinashadi.

Agarda jamoa g'alaba qozonsa ham, chempionlik masalasi keyingi turda aniqlanadi. Unda "Siti" "Brayton" mehmoni bo'ladi.

"Shaharliklar" o'tgan mavsumda ham APL chempionligini qo'lga kiritgandi. Qayd etish kerak, ular ketma-ket ikkinchi marta chempion bo'lishga yaqin turishibdi.

So'nggi bora "Manchester Yunayted" ketma-ket ikki (hattoki uch: 2006/07, 2007/08, 2008/09 yilgi mavsumlarda) bora chempionlikni qo'lga kiritgan. Shundan buyon hali birorta jamoa APLda ketma-ket ikki mavsum shoxsupaga ko'tarilmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia