Singapur bosh murabbiyi: "O'zbekiston ikkinchi savatchadagi eng kuchli jamoalardan biri edi"

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2019, 13:11
JCH-2022 saralash bosqichiga qur'a tashlangach Singapur bosh murabbiyi Tatsuma Yoshida o'z fikrlarini bildirdi.

"Bizning guruh juda ham murakkab. Ayniqsa ikkinchi savatchaning eng kuchli jamoalaridan biri bo'lgan O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'ynaymiz. Bu biz uchun juda katta chaqiruv. Ammo o'yinlar boshlanishini sabrsizlik bilan kutamiz. Singapurlik muxlislar bizga yordam berishadi degan umiddaman", - deydi Yoshida Singapur futbol Assotsiatsiyasi rasmiy saytiga.

Ma'lumot uchun, "D" guruhida O'zbekiston, Singapur, Saudiya Arabistoni, Falastin va Yaman terma jamoalari kurash olib borishadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia