Simon Minole: "Uchta o'yindagi quruq seriya menga yanada yordam beradi"

Narzulla Saydullayev
13 sen 2013, 13:44
"Liverpul" darvozaboni Simon Minole Angliya premer ligasidagi dastlabki uchta turidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
– Dastlabki uchta turda biz uchta g'alabaga erishdik, – deydi Minole "Liverpul" klubi rasmiy saytiga. – Uchta o'yindagi quruq seriya menga katta yordam berdi. Axir yangi klubga kelganingda o'zingni yaxshi tomonlama ko'rsatishga urinasan. "Liverpul"da ajoyib tarkib bor, jamoa ko'p narsaga qodir. "Suonsi"ga qarshi o'yin ham bizning ustunligimizda tugaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru