Simeone Suaresning "Atletiko"ga o'tishida muhim rolni o'ynamoqda

Alisher
22 sen 2020, 13:28
"Barselona" hujumchisi Luis Suares qanday sabab bilan "Atletiko"ga o'tayotgani ma'lum bo'ldi.

Urugvaylik futbolchining Madrid klubi bilan shartnoma imzolashga tayyor bo'lgani sababi "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeonedir.

Birinchidan, "Atletiko" yuqori moliyaviy harajatlar sabab Suares bilan aloqaga chiqmoqchi emas edi, ammo aynan Simeonening o'zi 33 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashni talab qildi. Ikkinchidan, u o'yinchini Madrid klubiga o'tishga ko'ndira olar edi.

Qayd etish kerakki, Simeone Suaresni qadrlaydi. U Suaresni "Yuventus"ga ketayotgan Moratadan ko'ra jamoaga yaxshiroq moslashishiga ishonadi.

Eslatib o'tamiz, Suares "Atletiko" bilan 9 million evrolik maosh bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi, u tez orada "Barselona"dan tekinga ketadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca