Simeone: "Grizmannga ishonaman"

Aslanov Jasurbek
21 dek 2017, 18:45
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Espanol"ga qarshi bo'lib o'tadigan LaLiganing 17-tur uchrashuvidan oldin matbuot-anjumanida ishtirok etdi.

"Klub o'z qiziqishlarini himoya qiladi, ammo bugun ertangi bahs haqida o'ylayapmiz. Grizmanndan ko'nglim to'q. U "Alaves"ga qarshi bahsda maydonga tushishga majbur bo'ldi, biroq to'liq tayyor emas edi. Grizmannga ishonaman" - deydi Simeone.

"Barselona" Grizmann bilan muzokara o'tkazgani uchun "Atletiko" Kataloniya klubi ustidan FIFAga shikoyat qildi.

"Espanol" - "Atletiko" bahsi 22 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS