Simeone Grizmann haqida: "Barcha uni qanchalik yaxshi ko'rishimni va qadrlashimni biladi"

Alisher
21 avg 2022, 11:47
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone jamoa hujumchisi Antuan Grizmannga qanday munosabatda ekanligini aytdi.

"Xetafe"ga qarshi o'yindan so'ng Grizmanni jamoada saqlab qolish bo'yicha gaplashdik. Biz u, maqsadlar va vazifalar haqida ko'p gaplashdik. U tezda moslasha oladi, sababi o'yinni ko'ra olishi va texnikasi sabab bizga boshqa joyda hujumkorroq o'yinchi bilan o'ynashga imkon beradi.

Barcha uni qanchalik yaxshi ko'rishimni va qadrlashimni biladi, u o'yin va jamoa uchun muhim. Umid qilamanki, u mavsumni qanday ruhda boshlagan bo'lsa, shunday davom etadi", - deydi Simeone.

Grizmann "Xetafe"ga qarshi La Liga ilk tur doirasida gol urdi. Francuz ayni damda "Atletiko"da 2023 yilning yoziga qadar ijarada. O'yinchining huquqi "Barselona"ga tegishli.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS