

"O'tgan mavsum Antuan Grizmann dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. Bolalarim bilan qasam ichaman, uning ketishini tasavvur qila olmadim. U qoladigandek tuyuldi, Antuanni "Barselona" o'yinchisi sifatida ko'rmadim. U jahon chempionati, Yevropa Superkubogi, Yevropa ligasida g'olib bo'ldi. Jahon chempionati finalining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U "Oltin to'p" uchun da'vogarlar safida emasligidan afsusdaman" - deydi Simeone.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum oxirida "Barselona" Grizmanning 100 mln evrolik tovon pulini to'lashga tayyor edi, ammo fransiyalik futbolchi "matraschilar" safida qolishga qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, FIFA tomonidan topshiriladigan "Yilning eng yaxshi futbolchisi" sovrini uchun Krishtianu Ronaldu, Muhammad Saloh va Luka Modrich da'vogarlik qilmoqda.



