

"Zidan haqida nima deyman? U jahonning eng yaxshi uch klubidan birini boshqaryapti - bu murabbiy uchun katta sharaf. Bugun u g'olib chiqdi.
"Atletiko"dagi kelajagim? Hozir bu haqda gapirmoqchi emasman. Kichik tanaffus olib, o'ylab ko'rmoqchiman. Ayni damda uyga borib, meni qo'llaganlar bilan birga bo'lishni istayman.
Bunday mag'lubiyatlar yaralaydi, ammo faoliyatim davomida menga hech qachon oson bo'lmagan. Ortga qaraydigan bo'lsak, 5 yilda ikkita Chempionlar ligasi finali - bu katta muvaffaqiyat. Ammo to'liq mamnun bo'la olmayman" - deydi Simeone.



