"Silk Way Cup" musobaqasida 2-o'rinni olgan "So'g'diyona-W" jamoasi qizlari taqdirlandi

Narzulla Saydullayev
28 iyul 2019, 13:29
Xabaringiz bor, "So'g'diyona-W" klubi Qozog'iston Respublikasi Chimkent shahrida Xalqaro "Silk Way Cup" turnirida ishtirok etib, faxrli ikkinchi o'rinni egallagan edi.

Shu munosabat bilan kuni kecha Sherali Babakulov boshchiligidagi "So'g'diyona-W" jamoasi Superliganing 14-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Lokomotiv" uchrashuvi oldidan O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi,  Jizzax viloyati hokimiligi tomonidan taqdirlandi. 

Mazkur taqdirlash marosimida "So'g'diyona-W" jamoasiga omad, zafarlar bundan ham yaxshi o'rinlarni egallashini tilab qolishdi. Shu bilan birgalikda taqdirlash marosimida so'zga chiqqan o'zbek futbol jurnalistikasi otaxoni Axbor ota Imomxo'jaev ayollar futboliga omad tilab, ayollar futbolini bundanda yuqori saviyada bo'lib o'tishiga tilakdosh ekanliklarini bildirib o'tdilar. O'z fikrlari yakunida Jizzax  futboliga katta hissa qo'shib kelayotgani uchun, Jizzax viloyati hokimligiga va "So'g'diyona" klubi  rahbariyatiga o'z minnatdorchiligini izhor etdi.

Shuningdek "Biik-Kazigurt" ayollar jamoasi rahbariyati tomonidan Jizzax viloyat hokimligiga va "So'g'diyona" klubi rahbariyatiga tashakkurnomalar taqdim etildi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати