Shveytsariya prokuraturasi PSJ prezidentini so'roq qildi

Aslanov Jasurbek
25 okt 2017, 17:09
Shveytsariya prokuraturasi tomonidan 2018, 2022, 2026 va 2030 yillardagi jahon chempionati o'yinlarini ko'rsatish huquqini sotib olish "korrupsiya ishi" bo'yicha PSJ prezidenti Nosir Al-Helayfi so'roq qilindi.

So'roq tongda boshlandi va bir necha soat davom etdi. Bunga Nosir Al-Helayfi tarjimon orqali suhbatlashgani va savollar ko'plishi sabab bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, Nosir Al-Helayfi bosh direktori hisoblangan BeIN Media Group FIFA sobiq bosh kotibi Jerom Valke ishtirokida jahon chempionati o'yinlarini ko'rsatish huquqini sotib olgan. Oldinroq, Al-Helayfi pora sifatida Valkega 7 mln. evro bergani e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe