Shuhrat Po'latov: “Qur'a biz uchun omadli bo'ldi”

Narzulla Saydullayev
26 mar 2014, 19:53
Xabar berganimizdek, bugun Avstraliyaning Sidney shahrida Osiyo Kubogi-2015 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi “V” guruhidan o'rin oldi. Bizga bu guruhda Saudiya Arabistoni, Xitoy va KXDR terma jamoalari raqiblik qiladi.

Mamlakatimizdagi futzal bo'yicha yagona FIFA referisi qur'aga o'z munosabatini shunday bildirdi.

“Menimcha, bugungi qur'a biz uchun omadli bo'ldi. Guruhimizdagi jamoalar bilan shu paytgacha o'tkazilgan turli darajadagi o'yinlarda ijobiy natijaga erishganmiz.

Qolaversa, hozirda terma jamoamiz avvalgidan kuchliroq va eng muhimi, yosh futbolchilar bilan mustahkamlanib boryapti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com