Shuhrat Po'latov: “Bunday shoularning mas'uliyati katta”

Narzulla Saydullayev
1 iyun 2016, 17:40
Azamat Abduraimovning 50 yoshlik yubileyi munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda ishtirok etgan Shuhrat Po'latov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugun qiziqarli o'yinlardan biriga guvoh bo'ldik. Bellashuvda do'stlik g'alaba qozondi. Penaltilar seriyasi bu – lotoreya. Bugun qaysi taraf g'alaba qozongan bo'lishidan qatiy nazar, hammaga rahmat! Xususan, Azamat Abduraimov va Ravshan Ermatovning do'stlariga, “O'zbekiston” sport majmuasiga tashrif buyurgan ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman! Eshitishimga qaraganda, bugungidek tadbir ananaga aylanar ekan. Yani, Xirosima maydonlarida qahramonlik ko'rsatgan yulduzlarimiz o'zining 50 yoshlik yubiley to'ylarini xuddi shu tarzda o'tkazishni rejalashtirishibdi. Ulug'bek Ro'zimov, Abdusamad Do'rmonov shular jumlasiga kiradi. Bunday tadbirlarning foydasi katta. Sababi, faxriylarimiz bu kabi o'yinlar orqali yoshlarga har jihatdan o'rnak bo'lishlari mumkin. Shou bo'lgani bilan bunday o'yinlarning mas'uliyati og'ir. Boisi, shou tabdirni birgina noto'g'ri qaror bilan “buzib” qo'ymaslik kerak. Qayerda va qachon xushtak chalish kerakligini unutmaslik lozim, - deydi Shuhrat Po'latov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia