Shotlandiyaning o'tgan mavsumdagi to'purariga ikki klub qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
27 avg 2021, 20:27
"Seltik" hujumchisi Odsonn Eduarni "Bordo" hamda "Rubin" klublari sotib olmoqchi.

"Rubin" francuz futbolchisi uchun 18 million evro taklif qildi.

Ruslar to'lovni uch qismga bo'lib berishni taklif qilmoqda: dastlabki yilda 10 million, keyingi ikki yilda yana 4 milliondan.

Shuningdek, "Bordo" klubi ham 23 yoshli futbolchi uchun ham shuncha mablag' to'lashga tayyor.

O'tgan mavsumda Eduar Shotlandiya chempionatida 31 o'yinda 18 ta gol urib, mamlakat to'purariga aylandi. Ushbu mavsumda esa 3 ta o'yinda 2 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/SkyKaveh