Shota Arveladze: "Muxlislarni kiritish bo'yicha ham o'yinni o'tkazish protokoliga amal qilinishi kerak"

Narzulla Saydullayev
1 sen 2020, 21:19
Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Shota Arveladze o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin boshida 2-3 marta yaqqol vaziyatlardan foydalana olmadik. Raqib esa birgina zarbasidan gol urdi. Futbolda shunday bo'lib turadi. Biz sekinroq o'ynadik. Shu sababli bazan imkoniyatlar yuzaga keltirishda muammolar paydo bo'ldi. Bugun ikki ochko yo'qotdik deb o'ylayman. Chunki o'ta qulay holatlarda to'p kiritmadik.

Pandemiya davrida xavfsizlik eng muhim jihat. Agar hamma joy ochiq deb e'lon qilinsa, ma'lum darajada kiritish mumkin. Lekin buni tibbiyot xodimlari yaxshiroq bilishadi. O'yin boshlanishidan avval komissar protokolga rioya qilinganini tekshirishi lozim. Darvoza o'rnida ekani, hakamlar kelgani bo'lishi kerak. Muxlislarni kiritish bo'yicha ham o'yinni o'tkazish protokoliga amal qilinishi kerak.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia