Shota Arveladze: "Dastlabki mashg'ulotlardan iliq taassurotdaman"

Aslanov Jasurbek
10 iyul 2017, 11:27
Yakshanba kungi mashg'ulotdan keyin bosh murabbiy Shota Arveladze jamoadagi dastlabki kunlari bo'yicha fikr bildirdi.

- Jamoa bilan ishlashga kirishdik. Hozircha iliq taassurotlarga egaman. Mashg'ulotlarni boshladik. Mehnat qilish uchun ishtiyoq etarli. Biz ikkinchi davrada ko'plab ochkolar jamg'arishimiz zarur. Ishlaymiz va qolganini vaqt ko'rsatadi. Butun klub, xodimlar, rahbariyat, futbolchilar va klub Prezidentida yuqori ishtiyoq mavjud. Qisqa muddat ichida mashg'ulot o'tkazish uchun barcha sharoitlar muhayyo etildi. Tashkiliy ishlar a'lo darajada bajarildi. Bu ishlar qisqa muddatni emas, balki uzoqni ko'zlagan holda amalga oshirilmoqda. Yig'inlarda yaxshi holatga kirib olishga intilamiz, - deb ta'kidladi Shota Yustinovich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pakhtakor.uz