"Sho'rtan" uch futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Оқил Абдубарноев
19 yanv 2022, 20:35
Ayni kunlarda mavsum oldi tayyorgarlik jarayonini qizg'in ruhda davom ettirayotgan "Sho'rtan" tarkibiga yangi futbolchilar kelib qo'shilmoqda.

Jumladan, Nodirxon Nematxonov, Abduxoliq Qurbonov va Eldor Ergashov bilan shartnoma imzolandi. 

Ma'lumot uchun, Nodirxon Nematxonov 2001 yilda tug'ilgan, o'ynaydigan ampulasi -  markaziy himoyachi, bunga qadar AGMK klubi safida maydonga tushgan. 

Abduxoliq Qurbonov 1989 yilda tug'ilgan, o'ynaydigan ampulasi - himoyachi, bunga qadar "Xorazm" jamoasi safida maydonga tushgan. 

Eldor Ergashov  1992 yilda tug'ilgan, o'ynaydigan ampulasi -  yarim himoyachi, bunga qadar "Neftchi" klubi safida maydonga tushgan. 

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Шўртан" ФК матбуот хизмати