"Sho'rtan" safiga navbatdagi futbolchilar qo'shilishdi

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2024, 17:25
"Sho'rtan" safiga Superligada o'ynagan ikki futbolchi qo'shildi.

G'uzorliklar matbuot xizmatining xabar berishicha, faoliyati davomida Farg'onaning “Neftchi”, Andijonning “Andijon” va Qo'qonning “Qo'qon-1912” jamoalarida harakat qilgan hujumkor yarim himoyachi Abdulloh Olimov yangi mavsumda "Sho'rtan"ga yordam beradi. Futbolchi bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

O'tgan mavsumda Navoiyning “Qizilqum” jamoasi tarkibida bo'lgan yarim himoyachi Jo'rabek Mannonov ham g'uzorliklar bilan bir yillik kelishuvga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia