"Sho'rtan" himoyachisi "Andijon"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
26 dek 2025
Markaziy himoyachi Odil Abdumajidov faoliyatini vodiyda davom ettiradi.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev ma'lum qildi. 

"Markaziy himoyachi Odil Abdumajidov faoliyatini "Andijon"da davom ettiradi", – deyiladi xabarda.

24 yoshli futbolchi yakuniga etgan mavsum g'uzorliklar safida 10 o'yinda ishtirok etdi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia