"Sho'rtan" bosh direktori Oblayor Rasulovning rasmiy bayonoti

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2014, 20:50
“Sho'rtan” PFK MCHJning bosh direktori Oblayor Rasulov rasmiy bayonot berdi.
"O'zbekiston professional futbol ligasi "Sho'rtan" klubi oldiga 1 fevral sanasiga qadar barcha qarzdorliklarni to'lash shartini qo'ydi. Agarda bu muddatga qadar qarzlar to'lamasa G'uzor klubi 2014 yil birinchi ligada ishtirok etmasligi mumkin.

"Sho'rtan"ning bosh homiysi hisoblangan “Sho'rtanneftgaz” USHK rahbari klubga yordam berishga intilmoqda. Biroq "Sho'rtan" klubi prezidenti va “Sho'rtanneftgaz” vice-prezidenti Navro'z Abdurahmonov bunga tish-tirnog'i bilan qarshi bo'lmoqda. Buni PFL vakillari hisobga olishlarini so'rab qolardik.


"Sho'rtan" PFK matbuot xizmati ma'lumoti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcshurtan.uz