

Bugun ham jamoaga kelib qo'shilgan bir qator futbolchilar bilan shartnomalar imzolandi.
- O'tgan mavsumda Buxoroning “Buxoro” jamoasi sharafini himoya qilgan Jasur Xolto'raev yangi mavsumda jamoaga yordam beradi. Futbolchi "Sho'rtan" bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

- 28 yoshli tajribali himoyachi Mirjalol Jumaev himoya chizig'ini kuchaytirmoqda. Mirjalol ham "Sho'rtan" bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

- “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, o'tgan mavsumda “Buxoro” jamoasida harakat qilgan Mahmud Jo'raboev ham tarkibga kelib qo'shildi. Yosh hujumchi 2024 yil oxirigacha G'uzor klubi bilan birga bo'ladi.

- O'tgan mavsumda Yaypanning “Turon” jamoasida harakat qilgan Sardor Sadullaev ham yangi mavsumni G'uzorda boshlaydi. Tajribali himoyachi "Sho'rtan" bilan bir yillik kelishuvga erishdi.

- So'nggi mavsumlarda legioner maqomida bo'lgan tajribali darvozabon Mirzohid Mamatxonov 2024 yilda jamoaga yordam beradi. Tajribali darvozabon so'nggi mavsumni Bahraynning “Budaiya” jamoasida o'tkazgan.

- Shuningdek, o'tgan mavsumda "Sho'rtan" sharafini himoya qilgan tajribali himoyachi Ulug'bek Xudoyberdiev bilan ham amaldagi shartnoma uzaytirildi.

Murabbiylar selekciya ishlarini davom ettirishmoqda.
“Sho'rtan” PFK matbuot xizmati



