"Sho'rtan" 4 nafar futbolchisi bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2025, 13:43
Bu haqda O'zPFL xabar berdi.

"Sho'rtan" klubi Daler Sharipov, Murodxo'ja Jabborov, Sirojiddin Qo'ziev hamda Shahboz Nuriddinov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi", – deyiladi xabarda.

Hujumchi Daler Sharipov 15 o'yinda maydonga tushib, 1 ta assist qayd etgan bo'lsa, uning sherigi Murodxo'ja Jabborov 10 o'yinda qatnashib, samarali harakatlari bilan ajralib turgani yo'q.

28 yoshli xavbek Sirojiddin Qo'ziev 15 o'yinda 3 ta gol urgan bo'lsa, 24 yoshli yarim himoyachi Shahboz Nuriddinov 15 o'yinda 1 ta to'p kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Шўртан" матбуот хизмати