Eldor Shomurodovning agenti: "Eldor "Roma"da qoladi"

Iskandarov Abdulaziz
1 sen 2022, 20:42
Mavzu yopildi.

Eldo Shomurodovning transferi bilan shug'ullanadigan "ProSportsManagement" kompaniyasining Osiyodagi loyihalariga rahbarlik qilayotgan Qahhor Mo'minov Championat.asia nashriga o'zbekistonlik hujumchining kelajagi haqida fikr bildirdi. 

- Eldorning "Roma"da qolgani rostmi? 

- Ha, shunday. "Roma" biz bildirgan va to'g'ridan-to'g'ri klubga kelgan takliflarni ko'rib chiqishdan bosh tortdi. Chorlovlar iyun, iyul oylarida va hattoki transfer oynasining oxirgi kunlarida ham bor edi. Bizga Shomurodovning ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun ijaraga ketgani maquldek tuyulgandi. Biroq "Roma" matbuotda turli ma'lumotlar e'lon qilinganiga qaramay, Eldor ularning sport loyihasining bir qismi ekanligini ta'kidlab keldi. Buning ijobiy tomonlarini ko'rishga harakat qilamiz. 

- Sir bo'lmasa Shomurodov borasida qaysi klublar murojaat qilishgan? 

- Ro'y bermagan jarayonlarga izoh bera olmaymiz, - deydi Qahhor Mo'minov. 

OAV xabarlariga ko'ra, Eldor Shomurodovga Italiya, Germaniya va Angliya klublari qiziqish bildirgan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia