

Bahs 2:2 hisobida yakunlandi. Rostovliklar safida gollarga Byorn Sigurdarson va hamyurtimiz, O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov mualliflik qilishdi. O'tgan mavsum bor-yo'g'i 3ta gol urgan Shomurodovga ushbu natijani qayd etish uchun atigi 4ta uchrashuv kerak bo'ldi. Ayni damda Eldor Shomurodov Rossiya Premer-ligasi to'purarlar reytingida "Krilya Sovetov" futbolchisi Aleksandr Sobolev bilan yetakchilik qilmoqda.
| Rossiya Premer-ligasi to'purarlari | |||
|---|---|---|---|
| O'rin | Futbolchi | Klub | Gollari soni |
| 1 | Eldor Shomurodov | Rostov | 3 |
| 2 | Aleksandr Sobolev | Krilya Sovetov | 3 |
| 3 | Vladimir Ilin | Ural | 2 |
| 4 | Yuriy Bavin | Ural | 2 |
| 5 | Danil Fomin | Ufa | 2 |
| 6 | Sardor Azmun | Zenit | 2 |
| 7 | Aleksey Ionov | Rostov | 2 |
| 8 | Erik Bikfalvi | Ural | 2 |
| 9 | Artyom Dzyuba | Zenit | 2 |
| 10 | Ivan Ignatev | Krasnodar | 2 |



