Shomurodov "Roma" tarkibidagi 5ta o'yinda "gol+pas" tizimida 3 (1+2) ochko ishladi

Alisher
13 sen 2021, 09:27
"Roma" Italiya chempionati 3-turida "Sassuolo" (2:1)ni mag'lub etdi.

Hujumchi Eldor Shomurodov 74-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

U 91-daqiqada Stefan El Shaaravi tomonidan urilgan golga assistentlik qildi. Ushbu gol "Roma"ning g'alabasiga sababchi bo'ldi.

O'zbekiston terma jamoasi forvard rimliklar safida rasmiy o'yinlarda 5ta o'yinda maydonga tushib "gol+pas" tizimida 3 (1+2) ochko ishladi.

\





O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia