

Ikkinchi davrada esa u hech bir jamoa safida ko'rinish bermadi. Xo'sh, uning jamoasiz qolib ketganiga nima sabab bo'lganini aniqlash maqsadida Xolmatov bilan bog'landik.
- "Nurafshon"dan keyin boshqa jamoalardan taklif bo'lmadimi?
- "Nurafshon"dan ketganimdan keyin Pro-ligadan takliflar bo'ldi. Biroq klubda pullarim qolganligi tufayli va oilaviy sharoitimdan kelib chiqib boshqa jamoalardan tushgan takliflarga rozilik bildirmadim.
- O'yin amaliyotiga ega bo'lmaganingizi qanday izohlaysiz?
- Mavsum boshida asosiy tarkibda maydonga tushayotgandim. Keyinchalik esa bosh murabbiy almashganidan so'ng o'yin amaliyoti kamayib ketdi. Shu tariqa men zaxirada qolib ketdim.
- Klubni nima sababdan tark etdingiz?
- Aslida jamoadan ketishimga nima sabab bo'lganini "Nurafshon"da ishlagan murabbiyga bersangiz yaxshi bo'lardi. Mavsum davomida doimiy tarkibda bo'lsam-da, nima uchun maydonga tushirilmaganimga xayronman. Davron Fayzievning o'zi qolganida va unga ishonch berilganida vaziyat bunday bo'lmasdi. U yaxshi boshqarayotgan edi.
- Yozda "Andijon" ko'rigida bo'ldingiz. U yerda qolmaganizga nima sabab bo'ldi?
- Bosh murabbiy taklifi bilan borgandim. Keyin bilsak, klub rahbari chetdan yangi o'yinchi taklif qilgan ekan. Bundan bosh murabbiy ham bexabar ekanligini ma'lum qilishdi. Shu sabab "Andijon"ni tark etishga majbur bo'ldim.



