

Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra, "Turon" klubi hujumchisi Shohnazar Norbekov jamoani rasman tark etgan. Ma'lumot uchun, Shohnazar Norbekov 2023 yilning boshidan beri "Turon" safida harakat qilib kelayotgan edi.
Eslatib o'tamiz, Shohnazar Norbekov "Turon" jamoasiga qadar "Qo'qon-1912", AGMK, "Surxon" va "Metallurg" klublari safida maydonga tushgan.



