Shmeyxel: "Nega Xoylund va Maktominey "Napoli"da?"

Sherzod Nurmatov
21 okt 2025
"Manchester Yunayted" sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel klubning kadrlarga oid yondashuvini tanqid qildi.

Uning fikricha, klub rahbariyati Rasmus Xoylund va Skott Maktominey kabi futbolchilarni hech qachon qo'yib yubormasligi kerak edi.

"Sheshko bizga nega kerak edi? Bizda 2 yildan beri yaxshi qo'llab-quvvatlanmayotgan Xoylund bor edi-ku. Shunchaki u "Napoli"da Maktominey bilan birga nima qilayotganiga qarang", – deya Shmeyxel so'zlarini keltirdi derbyderbyderby.it.

Eslatib o'tamiz, Peter Shmeyxel 1991 yildan 1999 yilgacha "Manchester Yunayted"da o'ynagan. Qanchalik g'alati tuyulmasin, u "Manchester Siti"da ham o'ynashga muvaffaq bo'lgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: derbyderbyderby.it