Shirer: "Keyn "Barselona" yoki "Real"da yulduzga aylanishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
27 dek 2017, 11:40
Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Alan Shirer "Tottenxem" hujumchisi Garri Keyn muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi.

Keyn "Sautgempton"ga qarshi APLning 20-tur uchrashuvida (5:2) xet-trik qayd etdi va yil davomida Angliya chempionati bahslarida gol urish bo'yicha Shiryerdan, bir yilda darvozani ishg'ol qilish bo'yicha Lionel Messidan o'tib ketdi.

"U mening rekordimni yangilagani etmaganday, Messi va Ronaldudan ham o'tib ketdi. Ishoning, Keyn "Barselona" yoki "Real"da yulduzga aylanishi mumkin. Ammo "Tottenxem" uni qo'yib yuborishni istamaydi. Biroq, agar yaqin ikki yil ichida ular hech narsa yutishmasa, Keyn muhim qaror qabul qilishi mumkin" - deydi Shirer.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun