Shik rasman “Roma” a'zosiga aylandi

29 avg 2017, 22:36
“Sampdoriya” hujumchisi Patrik Shik rasman “Roma” futbolchisiga aylandi.

Rimliklar 21 yoshli futbolchini 5 million evroga ijaraga olishdi.

Shuningdek, ushbu kelishuvga muvofiq turli xil bonuslar uchun 8 million evro qo'shilgan. Bu “Roma” uchun klub tarixidagi eng yirik transfer sifatida ma'lum qilingan.

Genuyaliklar 2020 yilning fevraliga qadar futbolchining transferidan yana  20 million evro  ishlab olishadi. Agar futbolchi ushbu muddatga qadar “Roma”dan boshqa klubga sotiladigan bo'lsa, “Sampdoriya” uning transfer summasining teng yarmiga egalik qiladi.

Bundan bir qancha vaqt ilgari “Yuventus”ga o'tishga yaqin turgan Shik yuragi bilan bog'liq muammolari tufayli Turin jamoasi libosini kiya olmagandi.

O'tgan mavsumda Shik A seriyaning 32 ta uchrashuvida ishtirok etib, 11 bor raqib darvozasini ishg'ol etdi va 6 ta golga hammualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Рома" клуби расмий сайти