Shevchenkoda yana koronavirus aniqlandi

Оқил Абдубарноев
9 yanv 2022, 22:11
"Jenoa" bosh murabbiyi Andrey Shevchenko A Seriyaning 21-turida "Speciya"ga qarshi o'yinda maydon tashqarisida shogirdlariga maslahat bera olmaydi.

Ukrainalik mutaxassis yana koronavirusga chalingan. U izolyaciya olingan. Genuya klubida boshqa hech kimda koronavirus aniqlanmagan.

Eslatib o'tamiz, Shevchenkoda 28 dekabr kuni ham koronavirus aniqlangandi. 6 yanvar kuni bo'lib o'tgan "Sassuolo"ga qarshi o'yin oldidan esa murabbiyda salbiy natija aniqlangandi.

Shevchenkoning bugungi o'yindagi vazifalarini uning yordamchisi Mauro Tassotti bajaradi.

"Jenoa" - "Speciya" o'yini Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: genoacfc.it