Shevchenko: "Ronalduni 34 yosh deb bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
24 mar 2019, 16:11
Ukraina termasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko Portugaliya termasi "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

"Ronaldu yosh, unda barcha qobiliyat bor. Maydondagi o'yiniga qarab, uni 34 yosh demagan bo'lardim. "Yuventus" Ronaldusiz ham kuchli jamoa. Uning transferidan keyin "Yuve" yanada dahshatli klubga aylandi. Krishtianu qiyin o'yinlarni ham hal qila oladi. "Yuventus" u orqali katta sovrinlarga ega chiqishi mumkin", - dedi Shevchenko.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport