Sheshko sababli MYU o'z hujumchisidan voz kechmoqda

Mirjalol Normatov
8 avg 2025
"Milan" "Manchester Yunayted" bilan Rasmus Xoylund ijarasi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Oldinroq "rossoneri" MYUning 22 yoshli futbolchisi bo'yicha yakuniy qarorini kutayotgani borasida ma'lumotlar tarqalgandi. Katta ehtimol bilan "Yunayted" Benyamin Sheshkoni tarkibiga qo'shib oladi va Rasmusni ijaraga berib yuboradi.

"Milan" hujumchini 30 million evrogi sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olishga tayyorlanmoqda.

Daniyalik forvardning MYUdagi yillik 4 millionlik maoshi "Milan"ni havotirga solmagan.

Xoylund o'tgan mavsumda APLning 32 o'yinida 4 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal