Sherzod Nasrullaev 3 oy deganda safga qaytdi

Mirjalol Normatov
22 iyun 2022
"Nasaf" futbolchisi Sherzod Nasrullaev "Neftchi"ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushdi.

Shu orqali u deyarli 3 oy deganda yashil maydonga qaytdi. 23 yoshli himoyachi 2 aprel kuni Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi o'yin vaqtida elkasidan jarohat olib, OCHL o'yinlarini ham o'tkazib yuborgandi.

Nasrullaev ushbu mavsum Superliganing 3 o'yinida qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia